Elchixona ichida qanday narsalar taqiqlangan?

Quyidagi narsalarni AQSH elchixonasi va konsulligida saqlash taqiqlangan va bizda ularni saqlash uchun maxsus joy yoʻq, shuning uchun ularni uyingizda, mehmonxonangizda yoki mashinangizda qoldiring:

  • Ryukzaklar, sumkalar, bagajlar yoki katta sumkalar (12 x 10 x 6 hajmda va undan kichikroq sumkalarga ruxsat beriladi)
  • Oziq-ovqat va ichimliklar
  • Qurollar, shu jumladan achituvchi yoki qalampir spreyi
  • Asboblar, shu jumladan har qanday o’tkir yoki tig’li narsalar
  • Har qanday yog’lar, aerozollar yoki nasosli spreylar, suyuqliklar, losonlar va kukunlar
  • Har qanday turdagi o’t ochuvchilar
  • Har qanday turdagi kaskalar
  • Aravachalar har bir holatda aniqlanadi
  • Har qanday turdagi elektron yoki ovoz yozish uskunalari, lekin ular bilan cheklanmagan holda shu jumladan:
    • Kameralar
    • Noutbuk, kompyuterlar
    • Mobil telefonlar
    • MP3, CD yoki kassetali playerlar
    • Peyjerlar
    • Kalitsiz pultlar

Ushbu ro’yxat hamma narsani o’z ichiga olmaydi. AQSh elchixonasi yoki konsulligi shubhali deb topilgan har qanday narsalarni kiritmaslik huquqini o’zida saqlab qoladi.

https://uz.usembassy.gov/u-s-citizen-services/visit-embassy/